🌾 Qoraqalpog’istonda 5 tuman gʻalla topsirish rejasini ortigʻi bilan bajardi
Joriy yilning gʻalla topshirish mavsumida Qoraqalpogʻiston Respublikasining bir qator tumanlari davlat oldidagi muhim vazifani yuqori darajada ado etib, gʻalla topshirish rejasini ortigʻi bilan bajardilar.
🏅 Amudaryo tumani birinchilardan bo‘lib rejani to‘liq va ortig’i bilan bajargan hudud bo‘ldi. Bu yerda 11 130 tonna gʻalla topshirish belgilangan bo‘lib, fidokor dehqonlar va fermer xo‘jaliklari sa’y-harakati bilan reja 117 foizga bajarildi. Bu esa 13 ming tonnadan ortiq gʻalla yetkazib berilganini anglatadi.
🌱 Ellikqala tumani dehqonlari ham samarali mehnat namunasi ko‘rsatib, belgilangan 8 810 tonna oʻrniga rejani 106,6 foizga bajardilar.
🚜 Beruniy tumani esa xuddi shunday miqdor — 8 810 tonnalik rejani 105,4 foizga bajarib, umumiy natijaga munosib hissa qo‘shdi.
🌾 Taxiatash tumani belgilangan 2 635 tonna oʻrniga rejani 125 foizga bajardi.
🌾 Moynoq tumani ham o‘z zimmasiga yuklatilgan rejaning 101 foizini bajarishga erishdi. Bu yerda ham barakali hosil olish va uni o‘z vaqtida topshirish uchun barcha imkoniyatlar safarbar etildi.
📈 Umuman olganda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi bo‘yicha davlatga gʻalla topshirish jarayoni tizimli va izchil olib borilmoqda. Bu yutuqlar – mehnatkash dehqonlar, fidoyi agronomlar, suvchilar va boshqa mutaxassislar mehnatining samarali natijasidir.
🌟 Mazkur muvaffaqiyatlar gʻalla yetishtirishda agrar siyosatning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganidan va fermer xo‘jaliklariga ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘maklardan dalolat beradi.