Press-turning keyingi manzili «Taqirko‘ldagi» mehnat va daromad bog‘i: «Diana Mardana» fermer xo‘jaligi
Nukus tumanining «Taqirko‘l» qishlog‘ida joylashgan «Diana Mardana» fermer xo‘jaligi mehnatkashlik va muvaffaqiyat timsoli. 2005-yilda Amangul Allambergenova tomonidan tashkil etilgan xo‘jalik bugungi kunda 28 gektarda faoliyat ko‘rsatmoqda.
Xo‘jalikning 10 gektarida bog‘lar, bug‘doy va poliz ekinlari yetishtiriladi. Pillachilarga yordam berish maqsadida 3 gektar tut bog‘i tashkil etilgan. Qovun Qozog‘istonga eksport qilinadi.
Amangul opa 30 quti asalari boqadi va 15 kishini doimiy, mavsumda esa 10-15 kishini qo‘shimcha ish bilan ta’minlaydi. «Diana Mardana» fermer xo‘jaligi – oilaviy biznesning muvaffaqiyatli namunasidir.