To‘rtko‘lda takroriy ekin va g‘o‘za agrotexnikasi bo‘yicha ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi

To‘rtko‘l tumanidagi «Paxtachi» ovul fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan «Kaltaminor oltin o‘lkasi» fermer xo‘jaligida ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda g‘alladan bo‘shagan maydonlarda kartoshka ekish, unining agrotexnik tadbirlari va yuqori hosildorlik olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.


Seminarda tuman hokimi I. Xudoybergenov tomonidan soha mutasaddilariga kartoshka ekish agrotexnikasi hamda g‘o‘za parvarishida eng dolzarb hisoblangan 30 kunlik davrda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan to‘liq ma’lumotlar va topshiriqlar berildi.

🇺🇿 Ushbu seminarda tuman hokimi o‘rinbosari J.Xudaybergenov, fermer xo‘jaligi rahbarlari va tegishli tashkilotlar mas’ullariga 107 fermer xo‘jaligida 110 gektar yerga takroriy ekin sifatida kartoshka ekish va uning agrotexnikasi borasida so‘z yuritdi.