To‘rtko‘l tumanida imtiyozli kredit asosida banan yetishtirayotgan dehqon

To‘rtko‘l tumani «Bahor» mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Otajon Urazimbetov nafaqada bo‘lishiga qaramay, tumanda tomorqasidan samarali foydalanayotganlardan biri. A.Urazimbetov 2024-yilda davlat tomonidan ajratilgan imtiyozli kreditdan foydalanib, 33 million so‘m mablag‘ evaziga 3 sotix yer maydonida termos usulida issiqxona qurdi. Andijon viloyatidan banan ko‘chatlari olib kelinib ekilgan bo‘lib, hozirda ko‘chatlar to‘liq ildiz otib, bo‘yi 2,5 metrga yetgan. Bundan tashqari, A.Urazimbetov o‘zining 25 sotix yer maydoniga qovun-tarvuz, pomidor, bodring, kartoshka va boshqa poliz ekinlarini ekib, xonadoniga ortib qolgan mahsulotlarni mahalliy bozorlarda sotib daromad olmoqda.