Ellikqal’a tumanida paxta va g‘allachilik masalalari muhokama qilindi Ellikqal’a tuman hokimligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Teshayev hamda Ellikqal’a tumani hokimi V.Niyazimbetov rahbarligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tumandagi paxta va g‘allachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaligi rahbarlari va qishloq xo‘jaligiga mas’ul soha vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida g‘o‘za ekilgan maydonlarda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi va bu borada kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.