Igor Savitskiy tavalludiga bag‘ishlangan sayohat

Bugun – buyuk san’atshunos va rassom Igor Vitalyevich Savitskiyning tavallud kuni!

Shu munosabat bilan I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyiga Qoraqalpog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligining bir guruh xodimlari tomonidan sayohat tashkil qilindi. Ushbu tashrif xodimlarning madaniy saviyasini oshirish, shuningdek, I.V. Savitskiyning hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishish maqsadida uyushtirildi.