«Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki» umumxalq xayriya hashari Qoraqalpog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligida
Joriy yilning 22-23-avgust kunlari yurtimiz bo‘ylab «Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki» shiori ostida umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu ezgu tashabbusga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi xodimlari ham faol qo‘shilishdi.
Vazirlik xodimlari erta tongdan ishga kirishib, vazirlik atrofini obodonlashtirish, hududni chiqindilardan tozalash va daraxtlarni oqlash ishlarini amalga oshirdilar. Hashar davomida barcha xodimlar, o‘z mahallasi va yurtini obod qilishga hissa qo‘shishga intilishdi.
«Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki» shiori ostidagi ushbu xayriya hashari nafaqat atrof-muhitni tozalashga, balki odamlarni birlashtirishga, mehr-oqibatni kuchaytirishga va jamiyatda o‘zaro yordam tuyg‘usini oshirishga xizmat qiladi.