QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGIDA IJRO INTIZOMI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Sh.Teshaev rahbarligida vazirlik apparati majlisi bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibidan o‘rin olgan masala — vazirlik tizimida ijro intizomiga qat’iy rioya etilishi bo‘ldi. Majlisda ijro intizomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi. Sh.Teshaev o‘z chiqishida ijro intizomiga loqaydlik bilan qaragan xodimlarga nisbatan ogohlantirish berilishini ta’kidladi. Shu bilan birga, xizmat faoliyatida yuqori natijalarga erishayotgan, intizom va mas’uliyatda o‘rnak bo‘layotgan xodimlarni rag‘batlantirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Majlis yakunida barcha rahbar va xodimlarga ijro intizomiga qat’iy rioya qilish, topshiriqlarni belgilangan muddatda sifatli bajarish zarurligi yana bir bor eslatib o‘tildi.