Beruniyda 2026-yil hosili uchun ko’rgazmali seminar bo’lib o’tdi
Beruniy tumanida «»Toʼli Baltabayevich» fermer xo’jaligida 2026-yil hosili uchun g’alla ekish va g’o’zani defoliyatsiya qilish bo’yicha ko’rgazmali seminar tashkil etildi. Seminarda Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o’rinbosari Sh.Teshaev, tuman hokimi I. Xidirov va soha mutasaddilari qatnashdi. Tadbirda g’alla ekish bo’yicha ilg’or tajribalar namoyish etildi va mutaxassislar fikr almashdi. Seminarning asosiy qismi urug’ sepish marosimi bo’ldi. Ishtirokchilar 2026-yil hosili uchun urug’ qadab, baraka tiladilar.