To’rtko’l va Amudaryoda g’alla ekish mavsumiga start berildi
Bugun, To’rtko’l tumanidagi «Kóna Tórtkul» OFY va Amudaryo tumanidagi «Choykól» OFY hududlarida joylashgan «To’rtkulli Qutlimurod Xudaybergen» va «Choykól Do’stlik» fermer xo’jaliklarida 2026-yil hosili uchun g’alla ekish ishlarini tashkil etish va g’o’za maydonlarida defoliyatsiya qilish ishlarini tizimli tashkil qilish bo’yicha ko’rgazmali seminar bo’lib o’tdi.
Ushbu seminarda Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosari Sh.Teshaev, tuman hokimlari va soha mutasaddilari ishtirok etdi.
Seminarda 2026-yilgi g’alla ekish ishlarini sifatli tashkil etish, agrotexnik tadbirlarni o’z vaqtida amalga oshirish, ekin maydonlaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuning bilan birga, g’o’za maydonlarida defoliyatsiya ishlarini tizimli tashkil etish, paxtadan mo’l hosil olish bo’yicha takliflar berildi.
Ko’rgazmali seminarda qatnashuvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi hamda oldindagi vazifalar belgilandi. Ushbu xayrli ishga boshlar ekan, dehqonlar yaxshi niyatlar bilan urug’ sepishdi.