Amudaryo tumanida yangi avlod paxta terish mashinalari bo‘yicha amaliy ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi

Amudaryo tumanida yangi avlod paxta terish mashinalarini boshqarish bo‘yicha amaliy ko‘rgazmali seminar tashkil etildi

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F. Ermanov, tuman hokimlari, qishloq xo‘jaligi xodimlari, fermerlar, shuningdek paxta terish mashinalari operatorlari va mexanizatorlar ishtirok etdi

Seminar dastlab Tuman hududidagi Tölqin ovul fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Xidirov Samad” fermer xo‘jaligi paxta maydonida boshlandi. Bu yerda Turkiya Respublikasining “Cansa” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan paxta terish mashinasining ish jarayoni va uning afzalliklari ishtirokchilarga namoyish etildi.

Keyingi manzil sifatida Choyko‘l OFY hududida joylashgan “Chayko‘l Do‘stlik” fermer xo‘jaligi paxta maydonida Xitoyning “Fm Word” kompaniyasi ishlab chiqargan paxta terish mashinasi ish jarayoni va uning imkoniyatlari bilan tanishtirildi.

Seminar yakunida Vazirlar Kengashi Raisi F. Ermanov boshchiligida paxta mashina ishlab chiqaruvchilar ishtirokida majlis bo‘lib o‘tdi. Majlisni F. Ermanov olib bordi va paxta yig‘im-terim mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi.

Shundan so‘ng yig‘ilish qatnashchilari paxta mashinalari ishlab chiqaruvchi zavod vakillariga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, batafsil javoblar oldi.