Qanlikól tumanida chorvachilik kompleksi ishga tushirildi
Qanlikól tumani Bóston OFY hududida joylashgan «Aydos Duzelbaev» fermer xo‘jaligi asosan paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan bo‘lib, xo‘jalik bugungi kunda davlatga paxta hamda g‘alla topshirish rejalarini muvaffaqiyatli bajarib kelmoqda.
Fermer xo‘jaligi rahbari Aybek Ádenbaev tashabbusi bilan xo‘jalik faoliyatini kengaytirish maqsadida 1 milliard so‘m o‘z mablag‘lari hisobidan 100 bosh qoramolga mo‘ljallangan zamonaviy chorvachilik kompleksi ishga tushirildi.
Fermerning ta’kidlashicha, asosiy maqsad aholimizni arzon va sifatli go‘sht mahsulotlari bilan ta’minlashdir. Shu bilan birga, kelgusi yil yana 100 bosh qoramolga mo‘ljallangan yangi fermani barpo etish rejalashtirilmoqda.