Ellikqal’ada issiqxonalarda limon yetishtirish rivojlanmoqda
Ellikqal’a tumanida bugungi kunda 4 gektar maydonda issiqxonalarda limonzorlar barpo qilingan bo’lib, hozirda limonlar to’liq hosilga kirgan.
Limon qator oralaridan samarali foydalanish maqsadida bulg’or qalampiri, baqlajon, bodring kabi ekinlar ekilgan.
Yetishtirilgan mahsulotlar asosan ichki bozorlarga yo’naltirilmoqda.
Limonchilik sohasini qo’llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 24-sonli qaroriga asosan limonzor barpo qilgan subyektlarga har bir sotixiga 300 ming so’mdan subsidiyalar berilmoqda.