Ellikqal’a tumanidagi “Jamshid Qanatov” fermer xo‘jaligi paxtadan yuqori hosilga erishmoqda

Ellikqal’a tumani Amirobod OFY hududida joylashgan “Jamshid Qanatov” fermer xo‘jaligi 102 gektar yer maydoniga ega. Joriy yilda xo‘jalikning 45 gektariga g‘alla, 45 gektariga esa paxta ekildi. Paxta maydonlariga erta bahorda har gektariga 500 kilogrammdan biogumus o‘g‘iti solindi.

Bugungi kunda paxta hosilga kirib, har gektaridan 40–45 sentnerdan hosil olinmoqda. Fermer xo‘jaligi rahbari Inamjon Rozimovning ta’kidlashicha, ikkinchi terimda bu ko‘rsatkich 55–60 sentnergacha yetishi kutilmoqda.

Shuningdek, xo‘jalik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-fevraldagi PQ-71-sonli qaroriga muvofiq, biogumus o‘g‘iti qo‘llangan har bir gektar uchun 1 million so‘mdan subsidiya oldi.

Fermerlar davlatimiz rahbarining qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash borasidagi bunday imkoniyatlari uchun o‘z minnatdorchiligini izhor etmoqdalar.