Qo’ng’irot tumanida paxta terimi qizg‘in davom etmoqda
Qo‘ng‘irot tumani hokimi B.Madaminov, tuman prokurori J.Reymov va Qo‘ng‘irot tumaniga Respublikadan biriktirilgan vakil D.Kayipovlar «Qangli» OFY hududida joylashgan «Shavir» fermer xo‘jaligida bo‘lib terimchilarga hormasin aytdi. Eng faol terimchilarga esdalik sovg‘alarini topshirildi. Qo‘ng‘irot tumani madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan sho‘x qo‘shiqlar terimchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.