Ellikqal’a tumanida baliqchilik rivojlanmoqda
Ellikqal’a tumanining Aqchakól ovul fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan tabiiy “Ziyauiddin” ko‘li 2022-yilda “Jaxongir Sanjar Sarvar” MCHJ tomonidan davlat zaxirasidan ijaraga olinib, baliqchilik faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Fermer xo‘jaligi rahbari Xabibulla Qalbaevning ta’kidlashicha, ko‘l dastlab 20 gektarni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda uning maydoni 50 gektarga yetkazildi. Shuningdek, ko‘l atrofida qo‘shimcha ravishda 15–20 gektar maydonda sun’iy ko‘llar barpo etilib, bu hududlarda har gektaridan 3–10 tonnagacha baliq yetishtirilmoqda.