Brokkoli karami yetishtirishda Beruniylik tomorqachining tajribasi
Beruniy tumani Birlik mahallasida yashovchi namunali tomorqachi Yo’ldosh Narimbetov brokkoli karamni yetishtirishda 3 yillik tajribaga asoslanib, bu borada o’rgangan bilimlari joriy yilda yetishtirgan hosilida o’z natijasini berdi.
1-avgust kuni 1.5 gektar maydonga ekilgan ko’chatlar hozirda maromida tayyor bo’lgan. Har bir karam 500 gr dan 1 kg gacha og’irlikda pishib yetilgan. 1.5 gektar maydondan 15 tonna hosil olish ko’zlanmoqda.
