Taxtako‘pir tumanida OAV uchun press-tur tashkil etildi


Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Matbuot xizmati hamda Taxtako‘pir tumani hokimligi Matbuot xizmati hamkorligida OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi.
Press-tur davomida ishtirokchilar “KAUSAR TEGIRMON” MCHJ faoliyati bilan tanishdilar.
Korxona tomonidan qiymati 878 ming AQSh dollari bo‘lgan junni qayta ishlash loyihasi amalga oshirilib, 15 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Yiliga 1200 tonna jun mahsulotlarini qayta ishlash quvvatiga ega korxona ishga tushirilgach, byudjetga 1,3 milliard so‘m tushum keltiradi.

Shuningdek, korxona tomonidan 2025-yilda 46 milliard so‘mlik donni qayta ishlash loyihasi va 32 milliard so‘mlik chorvachilik hamda sutni qayta ishlash loyihalari amalga oshirilmoqda.

Natijada jami 50 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi, 120 bosh naslli qoramol olib kelingan bo‘lib, sut mahsulotlarining 5 turi — qaymoq, qatiq, sut, smetana va yogurt ishlab chiqarilmoqda.
