Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2025–2026-yillar qish-bahor mavsumi uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish masalalari muhokama qilindi
Respublika aholisi va ijtimoiy soha tashkilotlarini asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash, ichki iste’mol bozoriga mahsulot yetkazib berishni tizimli monitoring qilish hamda narxlar barqarorligini saqlash eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Shu maqsadda, 2025–2026-yillar qish-bahor mavsumida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining qarori qabul qilingan.
Bugungi kunda mazkur qarorda belgilangan topshiriqlarning ijrosi, mahsulotlarni zaxiraga jamg‘arish jarayoniga jalb etilgan tayyorlov va savdo tashkilotlari bilan mahsulot yetishtiruvchilar o‘rtasida tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarining bajarilishi, shuningdek belgilangan hajmlarni moliyalashtirish manbalari bo‘yicha vaziyat muhokama qilindi.
Ushbu masalalar Qishloq xo‘jaligi vazirligining majlislar zalida o‘tkazilgan yig‘ilishda ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari Shuhrat Teshaev hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Prokurorining o‘rinbosari Bayram Navruzbaev boshchilik qildi.
Yig‘ilishda Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari, tijorat banklari rahbarlari, tuman hokimliklarining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari, shuningdek tuman hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosarlari va tayyorlov tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

