Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan tantanali yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbirda vazirlik tizim xodimlari hamda soha faollari ishtirok etdi. Unda Konstitutsiyaning yurtimizda demokratik tamoyillarni mustahkamlash, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, davlat va jamiyat hayotida adolat va qonun ustuvorligini qaror toptirishdagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Yig‘ilish davomida ishtirokchilarga Konstitutsiyamizda belgilangan asosiy qoidalar, ularning amaliy hayotimizga tatbiqi, qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan izchil islohotlarga ta’siri haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, zamonaviy agrar taraqqiyot, resurslardan oqilona foydalanish, dehqon va fermerlar manfaatlari himoyasini kuchaytirish kabi yo‘nalishlarda Konstitutsiyada mustahkamlangan qonuniy asoslar muhim omil ekani ta’kidlandi.