Shumanayda g‘alla yetishtirishda hosildorlikni oshirish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi
Shumanay tumanidagi “Komil Yusupov” fermer xo‘jaligi dala maydonlarida g‘alla ekinlari misolida ko‘rgazmali amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Unda Don va sholi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi direktori Duysenbay Utambetov ham ishtirok etdi.
Seminarda g‘alla parvarishini to‘g‘ri tashkil etish, hosildorlikni oshirish, yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, sug‘orish tarmoqlarini betonlashtirish orqali suv resurslaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda fermer xo‘jaliklari rahbarlari, klasterlar vakillari, qishloq xo‘jaligi xodimlari va soha mutaxassislari qatnashib, dala sharoitida amaliy tavsiyalar va ilg‘or tajribalar bilan tanishdilar. Mutaxassislar agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirish yuzasidan tushuntirishlar berdi.
Seminar yakunida g‘alla yetishtirish samaradorligini oshirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.
