Nukus tumanida navbatdagi agrar seminar o‘tkazildi Navbatdagi seminar Nukus tumani hokimligi majlislar zalida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari Kamiljon Aytbaev boshchiligida o‘tkazildi. Mazkur tadbirda hududda qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, bahorgi agrotexnik tadbirlarni tizimli tashkil etish, ekin maydonlarini zarur resurslar bilan o‘z vaqtida ta’minlash hamda zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish masalalari muhokama qilindi. Seminar davomida soha mutasaddilari, fermer xo‘jaliklari hamda klaster tashkilotlari vakillari ishtirok etib, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi. Tadbir yakunida qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirish, hosildorlikni ko‘paytirish va resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan aniq vazifalar belgilab berildi.