Qorao‘zak tumanidagi “Baltamurod klaster” fermer xo‘jaligida qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirish, suv va resurslardan oqilona foydalanish hamda mehnat unumdorligini yuksaltirish maqsadida zamonaviy texnika va innovatsion uskunalar joriy etildi
Xususan, yerga ishlov berish jarayonlarini optimallashtirish, ish tezligini oshirish hamda yoqilg‘i va vaqt tejamkorligini ta’minlash uchun yangi avlod haydov traktorlari va agregatlar olib kelindi. Shu bilan birga, dalalarni aniq tekislash orqali sug‘orish suvining bir tekis taqsimlanishini ta’minlash va suv isrofini kamaytirish maqsadida lazerli tekislash texnologiyasi amaliyotga tatbiq etildi. Paxta yetishtirishda esa chigitlarni bir xil chuqurlik va masofada ekishni ta’minlovchi zamonaviy Xitoy paxta seyalkalari foydalanishga topshirildi.

Qorao‘zak tumani hokimi A. Baymuratov fermer xo‘jaligida bo‘lib, joriy etilgan texnikalar hamda xo‘jalikning istiqboldagi rivojlanish rejalari bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur innovatsion yondashuvlar natijasida fermer xo‘jaliklarida ishlab chiqarish samaradorligi oshib, kam xarajat evaziga yuqori hosildorlikka erishish imkoniyati yaratilmoqda.
