Ellikqal’ada fermerlar bilan uchrashuv
Ellikqala tumanida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining paxta va g’alla yetishtiruvchilarni moliyaviy qo’llab-quvvatlashga qaratilgan PF-82-sonli Farmoni hamda lalmi va yaylov yer uchastkalarini foydalanishga kiritishni rag’batlantirish bo’yicha PF-83-sonli Farmoni mazmun-mohiyatini keng targ’ib qilish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo’jaligi bo’yicha o’rinbosari, Qishloq xo’jaligi vaziri K.Aytbaev fermer xo’jaliklari rahbarlari bilan ochiq muloqot olib bordi.
Uchrashuvda yangi farmonlar asosida paxta va g’alla yetishtiruvchilar uchun yaratilayotgan moliyaviy imkoniyatlar, imtiyozli qo’llab-quvvatlash mexanizmlari hamda lalmi va yaylov yerlaridan samarali foydalanishning yangi tartiblari haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Bu uchrashuv tuman fermerlari uchun yangi imkoniyatlarni o’rganish va qishloq xo’jaligini rivojlantirishda yangi qadamlar qo’yish uchun yaxshi imkoniyat yaratdi.
