Ellikqal’ada sayyor qabul

Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo’jaligi bo’yicha o’rinbosari, Qishloq xo’jaligi vaziri K.Aytbaev fermer xo’jaliklari rahbarlari ishtirokida Ellikqala tumanida sayyor qabul o’tkazdi.

Qabulda imtiyozli kredit va ekin maydonlariga suv yetkazib berish bo’yicha murojaatlar bildirildi. Kredit bo’yicha murojaatlar shu o’rinda ijobiy hal etildi. Suv bo’yicha murojaatni hal etish bo’yicha mas’ullarga topshiriq berildi.

Bu sayyor qabul fermerlar uchun o’z muammolarini to’g’ridan-to’g’ri yetkazish va tezda yechish imkoniyatini yaratdi. K.Aytbaevning bu qabuli fermerlarning ishiga yordam berish va qishloq xo’jaligini rivojlantirishga qaratilgan muhim qadam bo’ldi.