Qoraqolpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining bir qator mas’ul xodimlari “Xalq bilan suhbat” eshittirishida ishtirok etdi

Ochiq muloqot davomida bug‘doy o‘rim-yig‘imiga tayyorgarlik ishlari, ekinlar holati va yakuniy natijalari, g‘o‘za nihollarini parvarishlash hamda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, 2026-yil 8-may kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari — 82-son va 83-sonli farmonlar, hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-oktyabrdagi PQ-322-sonli qarori mazmun-mohiyati yuzasidan ham batafsil tushuntirishlar berildi.

Eshittirish davomida soha mutaxassislari tomonidan fermerlar va dehqon xo‘jaliklari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan islohotlar hamda hosildorlikni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, eshittirish davomida vazirlik xodimlari fuqarolardan kelib tushgan qo‘ng‘iroqlar asosidagi savollarga atroflicha javob qaytardi hamda murojaatlar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berdi.