Kegeyli tumanida fermerlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Kegeyli tumanining “Juzimbag‘” OFY hududida fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari, O‘zbekiston Fermerlar kengashi raisi A. Xaitov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining agrar, suv xo‘jaligi, tabiatni muhofaza qilish va ekologiya masalalari qo‘mitasi raisi A. Jumanazarov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Qishloq xo‘jaligi vaziri K. Aytbayev, Qoraqalpog‘iston fermerlari kengashi raisi M. Xudaybergenov hamda soha mutasaddilari ishtirok etdi.
Uchrashuvda fermerlarga Qishloq xo‘jaligi vazirligi va O‘zbekiston Fermerlar kengashining kechki kartoshka, avgust-sentyabr oylarida piyoz va sarimsoqpiyoz, shuningdek, to‘qsonbosti usulida qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish bo‘yicha murojaatining mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Shuningdek, mavsumiy ekinlarni o‘z vaqtida ekish, yer maydonlaridan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish va qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
Muloqot davomida fermerlarning taklif va muammolari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
