ELLIKQAL’ADA QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIGA BAG‘ISHLANGAN MEDIA-TUR O‘TKAZILDI
“Paxta hosilini qabul qilish, saqlash va qayta ishlash tizimidagi zamonaviy yondashuvlar”
Bugun Ellikqal’a tumanida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati hamda Ellikqal’a tumani hokimligi axborot xizmati hamkorligida jurnalist va blogerlar uchun media-tur tashkil etildi.
Unda respublika ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirok etib, tumanda qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan ishlar, paxta yetishtirish, uni qabul qilish va qayta ishlash jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
Media-tur davomida ishtirokchilarga zamonaviy klaster tizimining faoliyati, paxta xomashyosini qayta ishlashdan tortib tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayonlar haqida ma’lumot berildi.
Tadbirning navbatdagi manzili “Bo‘ston Cluster” MChJ bo‘ldi. Jurnalist va blogerlar korxonaning ishlab chiqarish faoliyati, paxtani qabul qilish va qayta ishlash imkoniyatlari, tayyor mahsulot ishlab chiqarish hamda eksport yo‘nalishlari bilan tanishdilar.
Shuningdek, korxonada yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi bandligini ta’minlash va fermer xo‘jaliklari bilan hamkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.
Media-tur yakunida ishtirokchilar soha vakillari bilan muloqot qilib, tumanda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
