Toʻrtkoʻl tumanida qishloq xoʻjaligi sohasidagi yutuqlar va istiqbollarga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi Bugun, Toʻrtkoʻl tumanida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda tuman hokimligi axborot xizmatlari hamkorligida qishloq xoʻjaligi sohasining bugungi holati, kelgusi rejalar va amalga oshirilayotgan ishlar salmogʻiga bagʻishlangan navbatdagi matbuot anjumani tashkil etildi. Tadbirni tuman hokimi I. Xudaybergenov olib bordi. Anjumanda tuman va respublika miqyosidagi ommaviy axborot vositalari vakillari hamda matbuot kotiblari ishtirok etib, sohadagi yangiliklar yuzasidan batafsil ma’lumotga ega boʻlishdi. Anjumanning asosiy diqqat markazida tumanda qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida bajarilayotgan ustuvor vazifalar va erishilayotgan koʻrsatkichlar toʻgʻrisida atroflicha ma’lumot berildi. OAV vakillari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga bevosita tuman rahbaridan aniq va batafsil javoblar olish imkoniga ega boʻldilar. Ushbu matbuot anjumani qishloq xoʻjaligi sohasidagi shaffoflikni ta’minlash va jamoatchilikni xabardor qilishda muhim ahamiyat kasb etdi.