IQLIM ÖZGARIŞIGA ÇIDAMLI OZUQABOP EKINLAR BÖYIÇA TAJRIBA IŞLARI OLIB BORILMOQDA
📍 Xöjayli tumani Samanköl OFY hududida joylaşgan «Sobir ota» fermer xöjaligi yer maydonlarida Orolböyi hududining tuproq-iqlim şaroitiga mos, suv tanqisligi va şörlanişga çidamli ozuqabop ekin navlarini sinovdan ötkaziş böyiça tajriba işlari olib borilmoqda.
Mazkur tajribalar Xöjayli, Taxiatoş va Nukus tumanlari Agro xizmatlar markazi mutaxassisi Ş. Kamalov hamda Çorvaçilik va parrandaçilik ilmiy-tadqiqot instituti kiçik ilmiy xodimi Farhod Qöçqorov hamkorligida taşkil etildi.
Tajriba maydonlarida institut olimlari tomonidan yaratilgan qaşqarbedaning «Qibroy», javdarning «Şalola», sulining «Özbekiston keng bargli», tritikaleninğ «Kumuşsimon prag» navlari hamda boşqa istiqbolli ozuqabop ekinlarning turli nav va namunalari sinov tariqasida ekilgan.
Şuningdek, ekinlarning unib çiqişi va rivojlanişiga turli biopreparatlar, organik öğitlar, mikoriza hamda gidrogellarning ta’sirini örganiş böyiça tajribalar amalga oşirilmoqda.
Tajribalardan asosiy maqsad Orolböyi hududining murakkab tuproq-iqlim şaroitida yetiştirişga mos, suv tanqisligi va şörlanişga çidamli ozuqabop ekin navlarini aniqlaş, ularni köpaytiriş hamda çorvaçilik uçun mustahkam ozuqa bazasini yaratişga qaratilgan.
Mazkur ilmiy-amaliy tajribalar kelgusida Orolböyi hududida ozuqabop ekinlar yetiştiriş samaradorligini oşiriş va ekologik barqarorlikni ta’minlaşga xizmat qiladi.
