QONLIKО‘L TUMANIDAGI “AGROHAMKOR CLUSTER” MÇJ FAOLIYATI YUZASIDAN RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Qonliköl tumanida faoliyat yurituvçi “AGROHAMKOR CLUSTER” MÇJning fermer xöjaliklari bilan özaro hisob-kitoblari, elektron hisob-fakturalarni rasmiylaştiriş hamda paxta mahsulotlarini qabul qiliş va qayta işlaş bilan boğliq holatlar yuzasidan murojaat e’lon qilindi. Mazkur murojaatda keltirilgan masalalar Qoraqalpoğiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi tomonidan örganildi.

Mazkur holatlar yuzasidan vazirlik tomonidan işçi guruh tuzilib, 2026-yil 9-noyabr kuni Qonliköl tumanida joyiga çiqqan holda örganiş işlari olib borildi. Jarayonda korxona faoliyati, taqdim etilgan hujjatlar, elektron hisob-fakturalar va fermerlar bilan özaro hisob-kitoblarga oid masalalar körib çiqildi.

Örganiş davomida ayrim hujjatlar böyiça qöşimça aniqlik kiritiş zarurligi ma’lum böldi. Jumladan, fermer xöjaliklari nomiga rasmiylaştirilgan elektron hisob-fakturalar, mahsulotlarning amalda topşirilişi hamda özaro hisob-kitoblar yuzasidan tegişli hujjatlarni soliştiriş talab etiladi.

Şu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan murojaatda qaysi fermer xöjaliklari tomonidan e’tiroz bildirilgani aniq körsatilmagan. Korxona rahbari ham murojaat qilgan fermerlarning nomi va e’tirozlari aniq körsatilgan taqdirda, tegişli hujjatlarni taqdim etişga tayyorligini bildirgan.

Ta’kidlaş joizki, fermerlar va klaster örtasidagi qarzdorlik, oldi-berdi, mahsulot yetkazib beriş hamda şartnoma majburiyatlarining bajarilişi bilan boğliq nizolarga qonunçilikda belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvçi organlar va sudlar tomonidan huquqiy baho beriladi.

Qişloq xöjaligi vazirligi öz vakolati doirasidagi masalalarni örganiş va tegişli taşkilotlar bilan hamkorlik qilişga tayyor.

Şu munosabat bilan jurnalist va blogerlardan ijtimoiy tarmoqlarda murojaatlarni e’lon qilişdan avval ularni har tomonlama örganiş, murojaat mualliflarini aniqlaştiriş hamda barça manfaatdor tomonlarning fikrini inobatga olişlarini söraymiz.

Vazirlik jurnalist va blogerlar bilan oçiq muloqot hamda hamkorlikka doimo tayyor. Sohaga oid masalalarni xolis va haqqoniy yoritişda zarur ma’lumotlarni taqdim etiş böyiça hamkorlik qilişga tayyor ekanini bildiradi.