RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumanidagi fermer xo‘jaliklari va klasterlar faoliyatiga oid e’lon qilingan murojaat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan o‘rganib chiqilmoqda.
Murojaatda ko‘tarilgan masalalar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda atroflicha o‘rganilib, mavjud holatlarga aniqlik kiritiladi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha uning natijalari yuzasidan qo‘shimcha rasmiy ma’lumot taqdim etiladi.
