🌱 “Yerga kuzda berilgan işlov — bahordagi möl hosilning garovi.” Zero, kuzgi şudgor kelgusi yil hosilining möl va sifatli bölişida muhim agrotexnik tadbirlardan biri hisoblanadi.
📍 Xöjayli tumani Qumjiqqin OFY hududida joylaşgan “Oltin momiq” MÇJning paxtadan boşagan dala maydonlarida ğözapoyalarni maydalaş, yer maydonlarini tekislaş hamda kuzgi şudgorlaş işlari olib borilmoqda.
🚜 Mazkur agrotexnik tadbirlar orqali tuproq unumdorligini saqlaş, uning tuzilişini yaxşilaş, namlik töplanişiga şaroit yaratiş hamda kelgusi mavsumda ekinlarni öz vaqtida va sifatli ekiş uçun zarur tayyorgarlik körilişi közda tutilgan.
🌾 Darhaqiqat, yerga öz vaqtida va sifatli işlov beriş — kelgusi yil hosili uçun qöyilgan dastlabki qadamdir. Bugungi puxta tayyorgarlik — ertangi möl hosil garovidir!
