Nukus tumanida suv tejovchi texnologiyalarga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi
Nukus tumanidagi Orolbo‘yi Xalqaro innovatsiya markazi tajriba dala maydonlarida Agrosanoatni rivojlantirish agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi va Suv xo‘jaligi vazirligi hamkorligida agrosanoatni rivojlantirish agentligi tumanlardagi bo‘limlari xodimlari ishtirokida bog‘dorchilikda suv tejovchi texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda suv resurslaridan oqilona foydalanish, zamonaviy sug‘orish usullarini joriy etish va bog‘dorchilikda hosildorlikni oshirish masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilar suv tejovchi texnologiyalarning afzalliklari bilan yaqindan tanishdilar va amaliy tajriba almashdilar.

