Amudaryo tumani Fermerlar kengashi raisi Ilhom Polvonov O‘zbekistonda eng namunali rais deb tan olindi!

✅ Amudaryo tumani Fermerlar kengashi raisi Ilhom Polvonov O‘zbekiston Fermerlar kengashi tomonidan 2025-yil yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirda 1-o‘rinni egalladi.

➤ Ilhom Polvonov mamlakatimizdagi 162 ta tumanlar Fermerlar kengashlari raislari orasida eng namunali deb e’tirof etildi.

Bu e’tirof Amudaryo tumanida fermerlik harakatini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi unumdorligini oshirish va fermerlarning huquqiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasida olib borilgan samarali ishlarning yuksak e’tirofidir.