📌 Taxiatosh tumanida kartoshkachilikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-269-sonli qarori hamda Prezident Administratsiyasining 2026-yil 10-yanvardagi topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligi sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu jumladan, aholini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash, ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlash hamda ishlab chiqarish hajmlarini oshirish yo‘nalishida tizimli choralar ko‘rilmoqda.

🌱 Taxiatosh tumani Nayman massivi “Yangi Makon” OFY hududida joylashgan “Amirxon Zayniddin Saidnazar” MCHJ tomonidan 2026-yilda asosiy ekin sifatida 10 gektar maydonga kartoshka ekini ekilmoqda.

🥔 Mazkur loyihada Gollandiya davlatidan olib kelingan yuqori hosildor, super elita urug‘lik — “Arizona” navli kartoshka ekilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Ushbu tashabbus hududda kartoshkachilikni rivojlantirish, sifatli urug‘chilik tizimini shakllantirish hamda aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

🎥 Jarayonlar aks etgan videoni tomosha qilishingiz mumkin.