⚡️ Amudaryo tumanida fermerlar bilan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining paxta va bug‘doy yetishtiruvchilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan PF-82-sonli Farmoni hamda lalmi va yaylov yer uchastkalarini foydalanishga kiritishni rag‘batlantirish bo‘yicha PF-83-sonli Farmoni mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida Amudaryo tuman hokimligi majlislar zalida uchrashuv tashkil etildi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari, Qishloq xo‘jaligi vaziri K.Aytbaev tomonidan fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan ochiq muloqot olib borildi. Uchrashuvda yangi farmonlar asosida paxta va bug‘doy yetishtiruvchilar uchun yaratilayotgan moliyaviy imkoniyatlar, imtiyozli qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda lalmi va yaylov yerlaridan samarali foydalanishning yangi tartiblari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.