Taxtako‘pir tumanida fermerlar bilan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining paxta va bug‘doy yetishtiruvchilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan PF-82-sonli Farmoni hamda sug‘orilmaydigan yerlar va yaylov yer uchastkalarini foydalanishga kiritishni rag‘batlantirish bo‘yicha PF-83-sonli Farmonining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida Taxtako‘pir tumani hokimligining majlislar zalida uchrashuv tashkil etildi.
Unda Taxtako‘pir tumani hokimi J.Adilov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari, Qishloq xo‘jaligi vaziri K.Aytbayev, tegishli soha rahbarlari va fermerlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda yangi farmonlar asosida paxta va g‘alla yetishtiruvchilar uchun yaratilayotgan moliyaviy imkoniyatlar, imtiyozli qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda lalmi va yaylov yerlardan samarali foydalanishning yangi tartiblari haqida batafsil tushunchalar berildi.
