Nukus tumanida urug‘lik g‘alla maydonlarida aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi. Unda soha mutasaddilari, olimlar hamda fermerlar ishtirok etib, urug‘chilik tizimini rivojlantirish, yangi g‘alla navlarini sinovdan o‘tkazish, urug‘liklarni saralash va dorilash jarayonlarida nazoratni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.