Yashnobod To‘rtko‘l” fermer xo‘jaligi rahbari Sarvarbek Mamutovning munosabati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-may kuni qabul qilingan PF-82-sonli farmoni fermerlar uchun katta imkoniyatlar eshigini ochib berdi. Ushbu farmon orqali qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, fermerlarni qo‘llab-quvvatlash, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish hamda zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etishga alohida e’tibor qaratilgani bizni quvontirdi.
Ayniqsa, fermer xo‘jaliklariga yaratilayotgan imtiyoz va yengilliklar, kredit hamda subsidiya masalalaridagi qulayliklar qishloq mehnatkashlari uchun muhim rag‘bat bo‘lmoqda. Bu esa hosildorlikni oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va xalqimiz dasturxonini sifatli mahsulotlar bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
