Toʻrtkoʻl  tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan dala seminari oʻtkazildi

Toʻrtkoʻl tumanida «Paxtachilikda dolzarb 30 kunlik» doirasida gʻoʻza parvarishida agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish masalalariga bagʻishlangan dala seminari tashkil etildi.

Seminarda Toʻrtkoʻl tumani hokimi I.Xudaybergenov,“Oʻzagroinspeksiya”ning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi E.Qayipbergenov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi boshligʻi J.Xudaybergenov, qishloq xoʻjaligi sohasi mutaxassislari, fermer xoʻjaliklari rahbarlari va mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Dala seminari davomida gʻoʻza maydonlarida amalga oshirilishi zarur boʻlgan agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda va sifatli bajarish, sugʻorish va oziqlantirish ishlarini toʻgʻri tashkil etish, zararkunandalar va kasalliklarga qarshi samarali kurashish, oʻsimliklarni himoya qilish hamda hosildorlikni oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan gʻoʻzani parvarishlashda ilgʻor agrotexnologiyalarni qoʻllash, muammolarni bartaraf etish va yuqori hosil olish uchun zarur chora-tadbirlarni tizimli amalga oshirish boʻyicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.