Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida siyosiy-ma’rifiy soat o‘tkazildi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida navbatdagi siyosiy-ma’rifiy soat tashkil etildi. Unda vazirlik markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi. Mashg‘ulot davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, dolzarb siyosiy-ijtimoiy voqealar, qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlar hamda davlat xizmatchilarining kasbiy va ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan mavzular yoritildi. Shuningdek, davlat xizmatchilarida yuksak mas’uliyat, vatanparvarlik, qonunlarga hurmat va xizmat odobiga rioya etish madaniyatini mustahkamlashga xizmat qiladigan ma’lumotlar muhokama qilindi. Bunday siyosiy-ma’rifiy soatlar davlat xizmatchilarining bilim va dunyoqarashini kengaytirish, ularning kasbiy faoliyatini yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi.