Lolazor mahallasi tuman markaziga yaqin hudud bo‘lib, jami aholining 1.500 nafarini yoshlar tashkil etadi. Yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida PQ-153 son qarorga asosan 15 nafar yoshlarga 30 sotixdan 30-yilga ijara shartnomasi asosida ekish uchun yer berilgan. Hozirda mazkur yerlarda qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirilib, yoshlar daromadga ega bo‘lib kelmoqda. Javoxir Baltabayev 2024-yili olgan yeridan samarali foydalanib, tarvuz va sabzi ekib o’z vaqtida agrotexnikasi bilan shug’ullanib kelmoqda. Bu yilgi hosildan yaxshi daromad ko’zlagan qahramonimizga hirmon barakali bo’lsin deymiz.
Beruniy tumani Lolazor mahallasida yoshlar bandligini ta’minlash yo‘lida qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Batafsil video davomida tanishamiz.
3
