Urug‘lik don tayyorlash jarayoni nazoratda

To‘rtko‘l tumanida mavjud urug‘lik don qabul qilish, saqlash va qayta ishlash korxonalarida belgilangan me’yoriy-huquqiy talablar asosida doimiy nazorat o‘rnatilgan.
Buning uchun Inspeksiyaning To`rtko`l tuman bo‘limi tomonidan sohaviy mutaxassislar biriktirilib, jarayon muntazam monitoring qilib borilmoqda.

Asosiy ko‘rsatkichlar:
Reja: 750 tonna urug‘lik don tayyorlash;
Bajarildi: «To‘rtko‘l don mahsulotlari» MChJda 506 tonna (rejaga nisbatan 85%) urug‘lik don tozalandi, saralandi va qadoqlandi;
Saqlovga qo‘yildi: 425 tonna urug‘lik don sovutkichlarga joylashtirildi.
Maqsad: Sifatli va belgilangan standartlarga to‘liq javob beradigan urug‘lik don zahirasini yaratish.