Beruniy tumanida g‘alladan bo‘shagan maydonlarda takroriy ekinga kartoshka ekilishi boshlandi.
Shabboz ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi “Kuchkinov Qudrat” fermer xo‘jaligining 15 gektar dala maydonlarida takroriy ekinga kartoshka ekish ishlari o‘z yakuniga yetdi.
Qishloq ho‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda takroriy ekin amaliyoti davomida fermer ho‘jaliklarining yildan yilga tajribalari oshib, bu yo‘nalishda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsuloti hisoblangan kartoshka ekishda ham yetarli ko‘nikmalarga ega bo‘lindi. Kartoshka urug‘i Gollandiya davlatidan keltirilgan bo‘lib, zamonaviy texnologiyalarda ekish ishlari boshlangan.
Kartoshka ekish amaliyoti yer resurslaridan samarali foydalanish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash va aholi daromadlarini oshirishga xizmat qiluvchi muhim agrotexnik tadbirlardan biridir.
Bu amaliyot takroriy ekin sifatida keng qo‘llaniladi. Ertapishar va o‘rtapishar kartoshka navlari ekiladi Sug‘orish, ayniqsa Qoraqalpog‘istonning qurg‘oqchil iqlimida, o‘z vaqtida tashkil etiladi. Zararkunanda va kasalliklarga qarshi agrotexnik himoya choralari amalga oshiriladi, bir yilda bir maydondan ikki marta hosil olish imkonini beradi.
