Media-tur davomida ishtirokchilar “Agro To‘rtko‘l tekstil klaster” MChJ faoliyati hamda paxta xom ashyosini qabul qilish va qayta ishlash jarayonlari bilan ham yaqindan tanishdilar.
Klaster tomonidan joriy qishloq xo‘jaligi mavsumida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, 2026 yilgi mavsumda paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklardan jami 20 ming 758 tonna paxta xom ashyosini qabul qilib olish bo‘yicha tegishli shartnomalar tuzilgan.
Shuningdek, tenderdan o‘tgan fermer xo‘jaliklari bilan 110 tonna urug‘lik paxta tayyorlash bo‘yicha ham shartnomalar rasmiylashtirilgan. Bugungi kunga qadar hududdagi xo‘jaliklar tomonidan yetishtirilgan paxta xom ashyosining umumiy miqdori 1 ming 601 tonnani tashkil etdi.
