Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda To‘rtko‘l tumani hokimligi axborot xizmatlari hamkorligida «Paxta hosilini qabul qilish, saqlash va qayta ishlash tizimidagi zamonaviy yondashuvlar» mavzusida media-tur tashkil etildi   Unda ommaviy axborot vositalari vakillari va jurnalistlar ishtirok etib, paxta xom ashyosini zamonaviy texnologiyalar asosida terib olish, qabul qilish va saqlash jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.  Media-turning dastlabki manzili “Paxtachi Nazarbek” fermer xo‘jaligi bo‘lib, ishtirokchilar dastlab tumandagi “Paxtachi” ovul fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan fermer xo‘jaligiga tashrif buyurishdi. Bu yerda zamonaviy paxta yig‘im-terimi mashinasi yordamida amalga oshirilayotgan jarayonlar namoyish etildi. Xo‘jalikka jami 90 gektar yer maydoni to‘g‘ri kelib, shundan 40 gektariga chigit ekilgan.Ayni paytda maydonlarda hosil yig‘im-terimi qizg‘in va uyushqoqlik bilan davom etmoqda. Fermer xo‘jaligi rahbari Arazmammat Allabaev joriy yilda har gektardan 63–65 sentnerdan mo‘l hosil olishni rejalashtirgan. Buning uchun yog‘in-sochinli kunlariga qoldirmasdan, qisqa fursatlarda terib olish uchun ishlar jadal olib borilmoqda. Zamonaviy texnikalar va ilg‘or yondashuvlarning qo‘llanilishi nafaqat mehnatni yengillashtirmoqda, balki xirmonning barakali bo‘lishini ham ta’minlamoqda.   Media-turning davomi va boshqa yangiliklarni kanalimizda kuzatib boring!