Mehr-muruvvat va saxovat oyi bo‘lgan muborak Ramazon oyida O‘zbekiston karlar jamiyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi a’zolariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Qishloq xo‘jaligi vaziri Sh.Teshayev tomonidan imkoniyati cheklangan insonlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida xayriya tadbiri tashkil etilib, qishloq xo‘jaligi hamda oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining kasaba uyushmasi rahbari M.Qurbaniyazov hamda O‘zbekiston karlar jamiyatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi boshlig‘i M.Beknazarova ishtirok etib, karlar jamiyati a’zolarini ijtimoiy-ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashda hamda ularga har tomonlama yordam ko‘rsatilayotganligi uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
