Xo’jayli tumanida g‘allani azotli mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, suspenziya usulida bargdan oziqlantirish, g‘alla maydonlariga mahalliy go‘ng chiqarish va sepish boʼyicha ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.
Mazkur seminarga Qoraqalpog’iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari A.Koziyev, O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori I.Ergashev, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Qoraqalpog’iston Respublikasi agroxizmatlar markazi mutaxassislari, Qoraqalpog’istondagi Ilmiy-tadqiqot institutlari direktor va olimlari, Xo‘jayli tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimlari, tumandagi klaster va fermer xo‘jaligi rahbarlari qatnashdi.
Unda g‘allachilikda muhim agrotexnik tadbirlardan biri bo‘lgan mineral va mahalliy o‘g‘itlar bilan oziqlantirish hamda suspenziya usulida bargdan oziqlantirish, g‘alla maydonlariga mahalliy go‘ng chiqarish va sepish boʼyicha soha vakillarining tavsiyalari asosida keng tushunshalar aytib oʼtildi.
Shuningdek seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi “Qishloq xo‘jaligi maydonlaridagi qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni ko‘paytirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-465-sonli Qarorining mazmun-mohiyati bilan birgalikda tegishli imtiyozlar va belgilangan vazifalar ta’kidlab o‘tildi.