Joriy yilning 25-mart kuni Qon‘g‘irot tumanida “Havo, yer, va suv resurslarini Orol dengizi mintaqasida innovatsion boshqarish orqali mahalliy xamkorlar bilimini takomilashtirish” mavzusida o‘quv seminari tashkillashtirildi.O‘quv seminarda asosiy ishtirokchilar tarkibi – fermer, dehqon va tomorqa xo‘jaliklari egalaridan tarkib topdi.
Mazkur seminarga, Toshkent irrigatsiya instituti (“TIQXMMI” MTU) dotsenti, texnika fanlari nomzodi A.Karimov, Tuproqshunoslik instituti laboratoriya mudiri, professor R.Kurbantayev va Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining geografiya fanlari nomzodi O.Sultashova, «Innovation-ideas» MCHJ rahbari G.Djumaniyazovalar ishtirok etishdi.
Shuningdek, o‘quv-seminar davomida «Sug‘orma yerlarining agrofizik xususiyatlari xolati» «Sho‘rlangan tuproqlarning biologik aktivligi va uning tuproqlar maxsuldorligini oshirishda axamiyati» mavzusidagi ma’ruzalar olimlar tomonidan ta‘kidlanib o‘tildi.